"Nyukasl" klubi Mattias Yaissleni bosh murabbiyi etib tayinlaganini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, germaniyalik 38 yoshli mutaxassis "qarğalar"ni 2029 yilning yoziga qadar boshqaradi. Bunga qadar u 2023 yildan buyon Saudiya Arabistonining "Al Ahli"da ishlayotgan edi. Klub bilan ketma-ket ikki bor Elit Osiyo Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
"Nyukasl" bosh murabbiyiga aylanganim men uchun katta sharaf. Bu Yevropa futbolidagi eng yirik klublardan biri bo‘lib, o‘ziga xos tarix, an’ana va sodiq muxlislarga ega. Bu klubning muhiti va muxlislar ishtiyoqini shaxsan his qilish imkoniyatidan juda xursandman. Klubning yuksak maqsadlari, kelajakga qaratilgan rejalari va imkoniyatlari uni juda jozibador qiladi. Men so‘nggi yillarda klubning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib keldim va erishilgan taraqqiyot barchaga yaqqol ko‘rinib turibdi. Kelajak meni juda ruhlantirmoqda.
Men ushbu loyihaga, klubning maqsadlari va tanlagan yo‘liga to‘liq ishonaman. Bu yerda aniq strategiya, kuchli rahbariyat va yanada yuksalish uchun mustahkam poydevor mavjud. Futbolchilar, murabbiylar shtabi va rahbariyat bilan birgalikda ishlab, "Nyukasl"ni yanada yuqori pog‘onalarga olib chiqishni intizorlik bilan kutyapman. Klubning yangi yutuqlarga erishishi uchun bor kuchimni safarbar qilaman", — dedi Yaissle klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi