Bugun
11
O'zbek

YChL saralashi. Rahmonaliev assist qayd etgan bahsda "Saba" Daniyada mag'lub bo'ldi

Futbol
5 avgust, 15:43
Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob bellashuvi 11 avgust kuni "Saba" maydonida bo'lib o'tadi.
YChL saralashi. Rahmonaliev assist qayd etgan bahsda "Saba" Daniyada mag'lub bo'ldi
Фото: Getty Images

Chempionlar ligasi uchinchi saralash raundidan o‘tkazilmoqda. Ozarbayjonning "Saba" klubi safarda Daniyaning "Orhus"iga qarshi o‘ynadi.

Unda daniyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Umrali Rahmonaliev 66 daqiqada Simichning goliga assistentlik qildi. U o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq maydonda harakat qildi.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob bellashuvi 11 avgust kuni "Saba" maydonida bo‘lib o'tadi.

YChL saralashi, 3-bosqich
Orhus - Saba 2:1
Gollar
: Bogere 31, 63 - Simich 66.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sabah FK Sabah FK
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar