Live
4
O'zbek

«Real» Vinisiusga yangi shartnoma taklif qildi – manba

Futbol
5 avgust, 13:47
Biroq klub tomonidan qanday maosh taklif qilinganiga aniqlik kiritmagan.
«Real» Vinisiusga yangi shartnoma taklif qildi – manba
Фото: Getty Images

«Real» va Vinisius Junior o'rtasidagi muzokaralarning navbatdagi bosqichi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi navbatdagi uchrashuv chorshanba kuni bo'lib o'tdi. Qayd etilishicha, «Real» braziliyalik 26 yoshli vingerga yangi shartnoma taklif qilgan.

Biroq klub tomonidan qanday maosh taklif qilinganiga aniqlik kiritmagan. Ammo yangi taklif Vinisiusning klub va uning sport loyihasi uchun naqadar muhim o'yinchi ekanini aks ettiradi deb hisoblanmoqda.

Hozirda futbolchi oldida uchta variant qolgan: «Real» bilan shartnomasini uzaytirish, 2026/2027 yilgi mavsumni o'tab erkin agentga aylanish yoki yozgi transfer oynasi yakuniga qadar «Arsenal»ga o'tish.

Avvalroq matbuotda «qaymoqranglilar» Vinisiusga bir mavsum uchun 30 million yevro maosh to'lashga tayyor emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar