Londonning «Tottenhem» klubi himoyachisi Jed Spens «Liverpul» safiga borib qo‘shilmaydi.
Avvalroq mersisaydliklar 25 yoshli ingliz futbolchisiga qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi, biroq talkSPORT bu ma’lumotlarni rad etdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Liverpul» hozirda yagona o‘ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpong bo‘lishiga qaramay, Spensning transferi ustida ishlamayapti.
Shu bilan birga, Spens joriy yozda «Tottenhem»ni tark etishga tayyorligi ta’kidlanmoqda. Avvalroq futbolchi APL va A Seriyaning bir nechta klublariga, jumladan, «Inter» va «Atalanta»ga taklif qilingan edi. Spensni istalgan jamoa 41 million yevroga sotib olishi mumkinligi aytilmoqda.