«Manchester Siti» va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisining agenti Pablo Barkeroning ma’lum qilishicha, futbolchi «Barselona»ga o‘tish qarori haqida Madrid klubini shaxsan xabardor qilgan.
«O‘zini benuqson tutgan «Real»ga hurmat yuzasidan Rodri «Barselona»ga o‘tishga qaror qilganini klubga shaxsan ma’lum qildi», - deya Barkeroning so‘zlaridan iqtibos keltiradi El Larguero.
Yarimhimoyachining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangandi.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 55 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rodri Jahon chempionati-2026ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi, finalda Ispaniya milliy jamoasi Argentinani qo‘shimcha bo‘limlarda (1:0) urilgan gol evaziga mag‘lub etdi. Ushbu musobaqada ispaniyalik barcha sakkizta o‘yinda maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, Rodri 2019-yilning yozidan beri «Manchester Siti» safida to‘p tepmoqda. U «shaharliklar» safida jami 298 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urgan va 32 ta golli uzatmani amalga oshirgan.