Italiyaning «Milan» klubi vingeri Rafael Leau faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Sasha Tavolerining xabar berishicha, «Galatasaroy» «Milan» bilan 27 yoshli portugaliyalik transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Turk grandi yaqin soatlar ichida yaxshilangan yangi taklif yuborishi kutilmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, Leauning o‘zi «Galatasaroy»ga ko‘chib o‘tish variantiga qiziqish bilan qaramoqda.
Avvalroq, «Milan» futbolchisini 35 million yevro evaziga Turkiyaga qo‘yib yuborishni istamadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda vinger barcha musobaqalarni inobatga olganda 31 o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.