"Mash'al" yarimhimoyachisi Nurjahon Muzaffarov jamoadan chiqib ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"U klubimiz sharafini himoya qilgan davr mobaynida har bir o'yinda bor kuchi va mahoratini namoyon etib, jamoa manfaatlari yo'lida sidqidildan mehnat qildi. Quvonchli g'alabalarda ham, og'ir va sinovli kunlarda ham jamoa bilan birga bo'ldi.
Nurjahon Muzaffarovga "Mash'al" futbol klubi rivojiga qo'shgan hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz" - deyiladi muboraklarning rasmiy bayonotida.
Eslatib o'tamiz, "gazchilar" Superliga turnir jadvalida 4 ochko bilan 16-o'rinni egallab turibdi. Ular 16-turda "Xorazm" mehmoni bo'ladi.