"Tottenhem" himoyachisi Kristian Romero "Atletiko"ga o'tish arafasida. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
"Romero va "Atletiko" 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma bo'yicha shaxsiy kelishuvga erishdi. Futbolchi yiliga 6 million yevro maosh oladi.
Shuningdek, shartnomani 2031 yilgacha uzaytirish imkoni ham mavjud. Ayni paytda "Atletiko" transferni yakunlash uchun "Tottenhem" bilan muzokaralar olib bormoqda.
"Taqachilar" markaziy himoyachi uchun 40–45 million yevro talab qilmoqda. Futbolchining o'zi esa klubdan uni qo'yib yuborishni so'ragan", — deb yozdi Skira ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Avvalroq "Inter" Romero bo'yicha muzokaralarni tezlashtirishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi