Madridning “Atletiko” klubi futbolchisi Tiago Almada klubini almashtirish arafasida turibdi. Bu haqda Atletico Universe xabar berdi.
Argentina milliy jamoasining 25 yoshli vakili yaqin kunlarda vataniga qaytadi. “River Pleyt” qariyb 22 million yevroga teng transferni yakunlash arafasida.
Tomonlar bitimning soʻnggi tafsilotlarini kelishib olishi qolgan. Transfer yakshanbagacha rasmiylashtirilishi kutilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, Tiago oʻtgan yozda Braziliyaning “Botafogo” klubidan “matraschilar” safiga qoʻshilgandi. U Diego Simeone jamoasi safida jami 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.
Avvalroq “Atletiko” Osimhenning transferidan voz kechgani maʼlum qilingandi.