Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi darvozaboni Altay Bayindir faoliyatini Ispaniyaning "Selta" klubida ijara asosida davom ettiradi.
Bu haqda «Manchester Yunayted» rasmiy sayti xabar berdi.
28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda «Yunayted» safida oltita o‘yin o‘tkazdi, bu uning 2023-yilda «Fenerbahche»dan o‘tganidan keyingi uchinchi mavsumidir. 2024-yilda «Nyuport Kaunti»ga qarshi o‘yinda debyut qilgan Altay klub safida jami 17 ta o‘yin o‘tkazgan.
Endi Bayindir Ispaniyaga yo‘l olib, bosh murabbiy Klaudio Hiraldes boshchiligida o‘tgan mavsumda La Ligada oltinchi o‘rinni egallagan va ushbu mavsumda UYEFA Yevropa ligasida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Selta»ga qo‘shiladi.
«Yunayted»dagilarning barchasi Altayga kelgusi mavsumda omad tilaydi» - deyiladi klub xabarida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi