Meksikalik hujumchi Xaver Ernandes (Chicharito) «Bavariya» va Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn o‘yinidan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Unda hamma narsa bor - bosh bilan o‘ynash, chap oyoq, jarimalar, golli uzatmalar, transferlar, to‘pni ushlab turish qobiliyati. Xuddi Pol Gaskoyn va Ueyn Runini qorishtirib yuborgandek. U Benzemaga o‘xshaydi. Garchi Keyn ham shafqatsiz bo‘lsa-da, ular Holand kabi golga mukkasidan ketgan hujumchilarga o‘xshamaydi. Unga ikkita imkoniyat bering va u deyarli har ikkisidan ham muvaffaqiyatli foydalanadi» - deya fikrini bildirdi Chicharito Rio Ferdinandga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 2025/26-yilgi mavsumda Keyn 51 o‘yinda 61 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Bavariya» bilan u Bundesliga, Germaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026da 33 yoshli hujumchi 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.