Afsanaviy sobiq futbolchi Diego Forlan Urugvay milliy jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda Urugvay futbol federatsiyasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.
Hozircha Forlan vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida ishlaydi. Shuningdek, u U-20 yoshlar jamoasiga ham ustoizlik qiladi.
Sobiq futbolchi bilan 2027 yil mart oyiga qadar shartnoma imzolandi. Bu qaror kelasi yil bahorda Urugvay futbolining boshqaruv organida saylovlar o'tkazilishi bilan bog'liq. Forlanning milliy jamoa boshqaruvidagi taqdiri aynan ushbu jarayondan so'ng uzil-kesil hal qilinadi.
Avvalroq Bielsa Urugvay milliy jamoasi bosh murabbiyligini tark etgani ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi