Live
1
O'zbek

«Atletiko» Romero bo‘yicha yangi taklif yuboradi — Romano

Futbol
8 avgust, 04:38
Madrid klubi Argentina milliy jamoasi himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olishdan umidvor.
«Atletiko» Romero bo‘yicha yangi taklif yuboradi — Romano
Foto: Getty Images

«Atletiko» «Tottenhem» himoyachisi Kristian Romeroga qiziqishda davom etmoqda, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.

Manbaga ko‘ra, yaqin kunlarda Madrid klubi 28 yoshli argentinalik futbolchi transferi borasida yangi taklif kiritadi.

«Atletiko» futbolchini boshqa klublar ilib ketish xavfini oldini olib, 40 million yevro taklif qilishi kutilmoqda. Futbolchi bilan muzokaralar hali ham davom etmoqda.

Romero «Tottenhem» safida 2022-yildan buyon o‘ynamoqda, uning amaldagi shartnomasi 2029-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, 2025/26-yilgi mavsumda himoyachi 32 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali futbolchining amaldagi transfer narxini 45 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar