Live
1
O'zbek

Flik Arauxoning 'Barsa'dan ketishiga qarshi bo'lgan

Futbol
8 avgust, 03:45
Futbolchining o‘zi esa jamoani tark etishga ruxsat so‘ragan.
Flik Arauxoning 'Barsa'dan ketishiga qarshi bo'lgan
Foto: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Ronald Arauxo 'Liverpul'ga transferi bo'yicha yangi tafsilotlar ma'lum bo'ldi.

Qayd etilishicha, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Arauxo klubdan ketishiga qarshi bo'lgan. Bunga urugvaylik himoyachining mavsumoldi tayyorgarligi davomida o'zini yaxshi tomondan ko'rsatgani sabab bo'lgan.

Shunga qaramay, futbolchining o'zi klubdan ketishga ruxsat berishni so'ragan. Ronald ijaraga ketish barcha tomonlar uchun eng yaxshi qaror bo'ladi deb hisoblagan.

Avvalroq 'Liverpul' va 'Barselona' Arauxo ijarasi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar