Bugun
84
O'zbek

«Arsenal» Barkolya uchun kurashga qo'shildi

Futbol
8 avgust, 00:00
Hozircha «Liverpul» 23 yoshli futbolchi uchun kurashda favorit bo'lib turibdi.
«Arsenal» Barkolya uchun kurashga qo'shildi
Foto: Getty Images

«Arsenal» «PSJ» vingeri Bredli Barkolya uchun kurashga qo'shildi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

23 yoshli futbolchi uchun kurashda hozircha «Liverpul» favorit bo'lib turibdi. Mersisaydliklar allaqachon fransiyalik futbolchi bilan shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralarni boshlagan.

Shunga qaramay, «to'pchilar» futbolchi uchun kurashda «qizillar»ga jiddiy raqobat ko'rsatishga tayyor. Hozirda Transfermarkt portali Bredlining narxini 90 million yevro deb baholamoqda.

«PSJ» esa futbolchi uchun taxminan 150 million yevro talab qilmoqda. Bunday talabni ehtimoliy xaridorlardan birortasi ham qanoatlantirishi qiyin.

Avvalroq «Liverpul» Barkolya uchun 100 million yevrolik taklif tayyorlayotgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Liverpul Liverpul
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar