"Liverpul" "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoni ijaraga oladi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Klublar urugvaylik himoyachining ijarasi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. Kataloniyaliklar sport direktori Deku ham bitimni ma'qullagan.
Kelishuvda Arauxoni sotib olish huquqi ham ko'zda tutilgan, ammo bu majburiy shart hisoblanmaydi. Hujjatlar klublar tomonidan 24 soat ichida imzolanishi kutilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum La Ligada Ronald 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Avvalroq Arauxo "Barselona"dagi kelajagi borasida bir qarorga kelgani ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi