"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Araujo klubda uzoq vaqt qolmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, urugvaylik 26 yoshli futbolchini jamoani tark etishi borasida xabarlar ko‘paymoqda. Biroq Araujo yaqin kelajakda jamoasini almashtirishni rejalashtirmayapti.
Futbolchi faoliyatining keyingi qismini ham "Barselona"da davom ettirish istagida. Shuningdek, klub bilan Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, u yanvar oyida Kataloniya grandi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Bu mavsumda Ronald klub safida beshta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.