«Trabzonspor» «Liverpul»ning yana bir sobiq futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda iNews xabar berdi.
Turkiya klubi e'tiborini Darvin Nunesga qaratgan. Hozirda trabzonliklar Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi rejalariga kirmayotgani uchun hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
«Trabzonspor»da Darvin Nunes yaqin o‘tmishda «Liverpul»da birga to‘p tepgan Muhammad Saloh bilan yana bir jamoada o‘ynashi mumkin. Misrlik futbolchining turkiyaliklar safiga o‘tishi avvalroq rasmiy e'lon qilingandi.
Shuningdek, Nunesga da'vogarlar orasida «Tottenhem» ham tilga olinmoqda. 27 yoshli futbolchining Transfermarkt portalidagi narxi esa hozirda 20 million yevroni tashkil etadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi