Bugun
84
O'zbek

FIFA Infantinoga qo'yilgan ayblovlar fonida bayonot berdi

Futbol
8 avgust, 00:25
Tashkilot prezidentining o'zi ham ushbu ayblovlarni to'liq rad etdi.
FIFA Infantinoga qo'yilgan ayblovlar fonida bayonot berdi
Foto: Getty Images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tashkilot prezidenti Janni Infantino Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) bosh kotibi lavozimida ishlagan davrida sobiq sevgilisiga tovon puli to'lanishini ta'minlagani haqidagi ayblovlar fonida bayonot berdi.

«FIFA prezidenti Janni Infantino ushbu ayblovlarni to'liq rad etadi, ular haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Nizom yoki qoidalar buzilgani haqidagi har qanday taxminlar tuhmat hisoblanadi.

UEFA yoki FIFAning biror bir xodimi Infantinoning harakatlari yuzasidan hech qachon shikoyat qilmagan. Chunki u bilan bog'liq hech qanday hodisa sodir bo'lmagan.

Barcha kadrlar bo'yicha qarorlar, jumladan, ishdan bo'shatish va ishdan ketish nafaqalarini to'lash vakolatli rahbarlar tomonidan amaldagi qoidalarga qat'iy rioya qilingan holda tasdiqlangan», — deyiladi FIFA bayonotida.

Bugungi yangiliklar