Bugun
84
O'zbek

Ruli dushanba kuni "Man Siti"da tibbiy ko'rikdan o'tadi

Futbol
8 avgust, 01:15
Darvozabon yangi klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi.
Ruli dushanba kuni "Man Siti"da tibbiy ko'rikdan o'tadi
Foto: Getty Images

"Marsel" klubi darvozaboni Heronimo Ruli dushanba kuni "Manchester Siti"da tibbiy ko'rikdan o'tadi. Bu haqida jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Tibbiy ko'rik muvaffaqiyatli yakunlangach argentinalik posbon "shaharliklar" futbolchisi sifatida rasmiy e'lon qilinadi. U yangi klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Shuningdek, tomonlarda kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqi ham mavjud bo'ladi.

Qayd etish lozim, Ruli faoliyati davomida "Real Sosyedad", "Monpelie", "Vilyarreal", "Ayaks" kabi klublar sharafini ham himoya qilgan. Avvalroq angliyalik Jeyms Trafford "Manchester Siti"dan "Lids"ga ko'chib o'tgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Marseille Marseille
Bugungi yangiliklar