"Bavariya" prezidenti Herbert Hayner Bundesliga klublarini chempionatni xorijda targ'ib qilish uchun yetarlicha harakat qilmayotgani, xususan, xorijiy safarlar tashkil etish borasidagi faol lik yetishmayotgani uchun tanqid qildi.
"Globalizatsiya — bu birgina klub yolg'iz o'zi erisha oladigan narsa emas. Bu Bundesliga sifatida barchamiz birgalikda ishlashimiz kerak bo'lgan vazifa. Liganing o'zi ham ancha faolroq rol o'ynashi kerak.
"Bavariya" bu yukni yolg'iz o'zi ko'tarishini kutish mumkin emas. Bizga butun Bundesliga tomonidan ancha jiddiyroq qo'llab-quvvatlash kerak — bir-ikkita klub emas, balki butun liga miqyosida", — deya Haynerning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Qayd etish lozim, "Bavariya"dan tashqari mavsum yakunidan so'ng "Leyptsig" (Janubiy Afrika) va Dortmundning "Borussiya" klubi (Yaponiya) ham xorijiy turnelarga yo'l oldi.
Avvalroq myunxenliklar o'rtoqlik o'yinida "Aston Villa"ni mag'lub etgani ma'lum qilingan edi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi