Xavbek Morgan Gibbs-Uayt «Nottinghem Forest»dan shu yoz «Bavariya» yoki «Chelsi» safiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Myunxenliklar va londonliklar 26 yoshli angliyalik yarimhimoyachi uchun kurashga qo‘shilgan. Biroq aynan «aristokratlar» bu poygada favorit hisoblanmoqda, deb xabar beradi Daily Mail.
Har ikki klub yarimhimoyachi agentini o‘zgartirishga qaror qilganidan xabar topgach, bu transferga qiziqib qolgan.
Ma’lumot uchun, «Nottinghem Forest» Gibbs-Uaytni sotishga shoshilmayapti. Klub bu yoz futbolchisini qo‘yib yuborishni rejalashtirmagan va vaziyatni o‘ta qulay taklifgina o‘zgartirishi mumkin.
Transfermarkt portali angliyalik futbolchini 70 mln yevroga baholamoqda.