Bugun
84
O'zbek

«Yuventus» yarimhimoyachisi «Real» qiziqishlari doirasiga tushdi

Futbol
8 avgust, 02:05
28 yoshli italiyalik futbolchi madridliklarning asosiy transfer maqsadiga aylangan.
«Yuventus» yarimhimoyachisi «Real» qiziqishlari doirasiga tushdi
Foto: Getty Images

«Yuventus» yarimhimoyachisi Manuel Lokatelli «Real» qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

«Qaymoqranglilar» 28 yoshli italiyalik futbolchini yarimhimoya chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy transfer maqsadiga aylantirgan. «Real» vakillari Lokatellini bir vaqtlar Luka Modrich va Toni Kroos jamoaga bergan o'yindagi muvozanatni qayta olib kelishi mumkin deb hisoblashmoqda.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Lokatelli barcha turnirlar doirasida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urgani va 2 assist amalga oshirgani ma'lum. Avvalroq Rodrining «Real»ga o'tishi savol ostida qolgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar