Live
1
O'zbek

Rodrining "Real"ga o'tishi savol ostida qoldi

Futbol
6 avgust, 07:27
Ispan nashri bu boradagi muzokaralar to'xtab qolganini ma'lum qilmoqda.
Rodrining "Real"ga o'tishi savol ostida qoldi
Rodrining «Real»ga o‘tishi savol ostida qoldi.

"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rodrining "Real"ga o'tishi xavf ostida qoldi. Ispaniyaning Sport nashrining yozishicha, tomonlar shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erisha olmagani sababli muzokaralar deyarli to'xtab qolgan.

Manba ma'lumotiga ko'ra, 30 yoshli yarimhimoyachi to'rt yillik shartnoma imzolashga tayyor bo'lgan. Biroq "Real"ning so'nggi taklifi futbolchini qoniqtirmagan va muzokaralarda keskinlik yuzaga kelgan. Hozircha transfer bo'yicha jarayon muzlatilgan holatda qolmoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, Rodri Ispaniyaga qaytish istagini yashirmayapti. Shuning uchun ham u "Real" bilan muzokaralarga kirishgan. Ammo kelishuv amalga oshmasa, futbolchi boshqa variantlarni ham ko'rib chiqishi mumkin.

Bu vaziyatdan "Barselona" ham kuzatuvchi sifatida chetda qolmayapti. Avvalroq kataloniyaliklar Rodrining vakillari bilan dastlabki muloqot o'tkazgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Kataloniyaliklarning sport loyihasi Rodriga ham qiziq tuyulmoqda. Shuningdek, u "Barselona"da Ispaniya terma jamoasidagi bir qator sheriklari bilan yana birga to'p surish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Shu bilan birga, bosh murabbiy Hansi Flik markaziy yarim himoya chizig'ini kuchaytirish jamoa uchun ustuvor vazifa emasligini aytgan. Biroq u transfer bozori yopilguncha turli vaziyatlar yuz berishi mumkinligini ham ta'kidlagan.

Sport ma'lumotiga ko'ra, "Manchester Siti" Rodrini saqlab qolishga qarshi emas. Biroq agar futbolchining o'zi ketish istagini bildirse, klub uni qo'yib yuborishga tayyor.

The Athletic habariga ko'ra, "Manchester Siti" esa o'z navbatida ehtimoliy ketish ssenariysini ham ko'rib chiqmoqda. Klub markaziy yarimhimoya chizig'ini kuchaytirish uchun "Lill" iqtidorli futbolchisi Ayub Buaadini asosiy nomzodlardan biri sifatida belgilagan. Biroq Fransiya klubi 18 yoshli yarim himoyachini 100 mln yevrodan kam mablag'ga qo'yib yubormasligini bildirgan.

Ispan nashrining qayd etishicha, "Manchester Siti" Rodri uchun kamida 65 mln yevro talab qilmoqda. Hozircha hech bir tomon muzokaralar uzilganini rasmiy tasdiqlamagan va transfer oynasi yopilguniga qadar vaziyat o'zgarishi ehtimoli saqlanib qolmoqda.

Hozircha "Barselona" va "Manchester Siti" o'rtasida rasmiy muzokaralar boshlanganiga oid ma'lumotlar yo'q. Shuningdek, Rodrining o'zi ham kelajagi borasida hech qanday rasmiy bayonot bermagan. Shunga qaramay, The Athletic ma'lumotiga ko'ra, ispaniyalik futbolchi yozgi transfer bozorining eng ko'p muhokama qilinayotgan yulduzlaridan biri bo'lib qolmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar