Live
3
O'zbek

«Arsenal» vakili: «Vinisius hech qachon biz uchun yagona variant bo‘lmagan»

Futbol
7 avgust, 10:37
Londonliklarning Vinisiusning «Real» bilan shartnomani uzaytirish qaroridan hafsalasi pir bo‘ldi.
«Arsenal» vakili: «Vinisius hech qachon biz uchun yagona variant bo‘lmagan»
Foto: Getty Images

«Arsenal» braziliyalik vinger Vinisius Juniorning Madridning «Real» klubida qolish borasidagi qaroridan hafsalasi pir bo‘ldi, deb xabar bermoqda TEAMtalk.

«Albatta, bu umidsizlik, ammo bunday natija har doim ehtimoliy deb emas, balki mumkin deb hisoblangan. Vinisius hech qachon biz uchun yagona variant bo‘lmagan. Muqobil nomzodlar ustida doimiy ravishda ish olib borildi va hozirgacha davom etmoqda» - dedi «Arsenal» vakili TEAMtalk’ga.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Arsenal» Vinisiusning moliyaviy shartlarini bajarishga tayyor bo‘lgan va uni APLga o‘tishga ko‘ndirishga uringan. Endi klub hujumning chap qanoti uchun boshqa nomzodlarga o‘tadi. Ular orasida «PSJ»dan Bredli Barkola va Ibrohim Mbaye, «Atletik» Bilbao vingeri Niko Uilyams, shuningdek, «Atletiko»dan Xulian Alvares bor.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius 2018-yilning yozidan beri «Real» safida to‘p tepmoqda. Futbolchi Madrid klubiga Braziliyaning «Flamengo» jamaosidan 45 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Vinisius klub safida 53 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar