Londonning «Arsenal» klubi «Barselona» hujumchisi Ferran Torresga e’tibor qaratdi.
CaughtOffside xabar berishicha, «to‘pchilar» vakillari ispaniyalik futbolchi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda.
London klubi Vinisius Junior transferi barbod bo‘lganidan so‘ng «ko‘k-anorranglilar» hujumchisi nomzodiga o‘tishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi Madridning «Real» klubida qolishga qaror qildi va shartnomasini uzaytirdi.
Ferran Torresning kelajagi noaniqligicha qolmoqda: uning «Barselona» bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi va yangi bitim bo‘yicha muzokaralar hozircha muvaffaqiyatdan yiroqligi aytilmoqda. 26 yoshli jahon chempioni uchun poygada «PSJ» favorit hisoblanmoqda. Parij klubi allaqachon kelishuv ustida ishlamoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi