Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges to‘yga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yaqinda yulduzli juftlik 8-avgust, shanba kuni Madeyrada to‘y o‘tkazishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Jurnalist Esegbona Luisning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berishicha, Ronalduning to‘yiga taklif etilganlar orasida Lionel Messi va Neymar ham bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronalduning to‘yiga rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov hamda uning irlandiyalik hamkasbi Konor Makgregor taklif qilingani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges taxminan o‘n yillik davrdan keyin munosabatlariga rasmiy ko‘rinish berishga qaror qilgan. Hozirda Ronaldu va Jorjina jami besh nafar farzandni tarbiyalamoqda.