"Barselona"ning sobiq yarimhimoyachisi Serxi Roberto faoliyatini okean ortida davom ettiradi.
Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, ispaniyalik 34 yoshli futbolchi "Los-Anjeles Gelaksi" klubiga o'tish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan.
Endilikda tomonlar transferni rasmiylashtirish uchun so'nggi hujjat ishlarini yakunlashi kutilmoqda. Hozircha futbolchining yangi shartnomasi shartlari oshkor etilmagan.
Ma'lumot uchun, Serxining so'nggi klubi "Komo" jamoasi bo'lgan. Futbolchi iyun oyida klubni tark etgan.