Live
2
O'zbek

Superliga. "Lokomotiv" Toshkentda "Dinamo"dan ustun keldi

Futbol
7 avgust, 12:25
"Lokomotiv" ochkolari sonini 25 taga yetkazib, 5-o'ringa ko'tarildi.
Superliga. "Lokomotiv" Toshkentda "Dinamo"dan ustun keldi
Фото: Локомотив ПФК
07.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent 2 : 1 Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand

Superliga 16-turida "Lokomotiv" Toshkentda "Dinamo"ni qabul qildi. Bellashuv 2:1 hisobida "temiryo'lchilar"ning g'alabasi bilan yakuniga yetdi.

Dastlab 8-daqiqada Jaloliddin Jumaboyev samarqandliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 29-daqiqada Diyorjon Turopov muvozanatni tikladi. 35-daqiqaga kelib esa Temurxo'ja Abduxoliqov mezbonlarning g'alaba goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, "Lokomotiv" ochkolari sonini 25 taga yetkazib, 5-o'ringa ko'tarildi. "Dinamo" esa 21 ochko bilan 9-pog'onada.

Superliga. 16-tur
Lokomotiv – Dinamo 2:1
Gollar
: Jaloliddin Jumaboyev, 8 (0:1), Diyorjon Turopov, 29 (1:1), Temurxo'ja Abduxoliqov, 35 (2:1)
Lokomotiv: 12.Nikita Shevchenko, 9.Suhrob Nurullayev (8.Bilol Tupliev, 71), 10.Shodiyor Shodiboyev (7.Quvonchbek Abrayev, 72), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Aleksandr Shushnyar (26.Abdulloh Yo'ldoshev, 60), 17.Sardor Mirzayev, 18.Aleksandr Kucherenko, 23.Diyorjon Turopov (70.Muhammadali Reimov, 71), 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 45.Yovan Nishich.
Dinamo: 1.Edem Nemanov, 3.Mikhail Shtefan, 7.Sanjar Qodirqulov, 15.Rasul Yo'ldoshev (21.Jahongir Abdusalomov, 72), 19.Tigran Avanesyan, 20.Jaloliddin Jumaboyev, 25.Oybek O'rmonjonov (4.Nurillo To'xtasinov, 57), 26.Mark Stanoevich (2.Artem Radaev, 57), 30.Xaris Xaydarovich (24.Akbar Xudoyberdiyev, 57), 37.Firdavs Abdurahmonov, 77.Behruzbek Oblakulov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar