"Barselona" "Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rodri Ernandesni transfer qilish masalasida shubhalanmayapti. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, kataloniyaliklar birinchi taklif rad etilganidan keyin sarosimaga tushgani yo'q. Klubda transfer amalga oshishiga ishonch bor. Yaqin vaqt ichida "Barselona" "shaharliklar"ga yaxshilangan taklif yo'llaydi.
Ta'kidlanishicha, Rodrining o'zi ham "Manchester Siti" rahbariyatiga "Barselona"ga o'tish istagini bildirgan. Avvalroq futbolchi "Barselona"ga rozilik bergani ma'lum qilingandi.