Bugun
84
O'zbek

Behruz Karimov Shveytsariya klubi bilan shartnoma imzoladi — manba

Futbol
8 avgust, 03:20
Futbolchi Toshkentda yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o‘tdi.
Behruz Karimov Shveytsariya klubi bilan shartnoma imzoladi — manba
Foto: UFA

O‘zbekiston milliy jamoasi va Termizning «Surxon» klubi futbolchisi Behruz Karimov Shveytsariyaning «Lugano» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist Narzulla Saydullayev xabar berdi.

«Futbolchi Toshkentda yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o‘tdi va shu yerda shartnoma tuzdi. Behruz Shveytsariya ish vizasini olishi bilan Luganoga uchib ketadi», — deyiladi xabarda.

Ma'lumot o‘rnida, «Lugano» klubi 1908 yilda tashkil topgan. Yangi mavsumda jamoa Konferentsiyalar Ligasi ikkinchi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Lugano FC Lugano
  • Surxon Surxon
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar