"Trabzonspor" klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida misrlik hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.
"Professional futbolchi Muhammad Saloh bilan ikki yillik kelishuvga erishildi", — deyiladi xabarda.
34 yoshli futbolchining avvalgi klubi Angliyaning "Liverpul"i edi va u shu yozda jamoani tark etgan.
Saloh mersisaydliklar tarkibida ikki karra Angliya chempioni (2019/2020 va 2024/2025 mavsumlari), Chempionlar ligasi (2018/2019 mavsumi) va Klublar o'rtasidagi jahon chempionati (2019) g'olibi bo'ldi. Shuningdek, u Angliya kubogi (2021/2022 mavsumi), Angliya Liga kubogi (2021/2022 va 2023/2024 mavsumlari), Angliya superkubogi (2022) hamda UEFA superkubogi (2019) sohibi hisoblanadi.
"Trabzonspor" Saloh transferini e'lon qildi
Futbol
6 avgust, 08:55
Misrlik hujumchi Turkiya klubi bilan shartnoma imzoladi.
Foto: Trabzonspor
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi