UFC yarim oʻrta vazn chempioni Islоm Maxachev Dogʻistonda UFC turniri oʻtkazilishiga umid bildirdi va ehtimoliy arena sifatida Mahachqalʻadagi «Dinamo» stadionini tilga oldi.
«Biz Dogʻistonda UFC turniri oʻtkazishimiz kerak. Agar UFC haqiqatan ham bu yerda turnir oʻtkazsa, buning uchun bizga «Dinamo» stadioni kerak boʻladi.
Uning sigʻimi 20 mingdan ortiq tomoshabinni tashkil etadi, UFC turnirlariga esa taxminan 30 ming kishi tashrif buyuradi.
Menimcha, bu ideal variant boʻlar edi», — deya Maxachevning soʻzlarini keltiradi Red Corner MMA.
Ayni paytda Maxachev UFCda ketma-ket 16 ta gʻalaba qayd etib kelmoqda. Uning umumiy rekordi 28 ta gʻalaba va 1 ta magʻlubiyatdan iborat.
Avvalroq Islоm faoliyatini yakunlashi haqidagi xabarlarga munosabat bildirgandi.