Live
12
O'zbek

COPE: Rodrining «Real»ni emas, «Barselona»ni tanlashida Gvardiola hal qiluvchi rolni o‘ynagan

Futbol
8 avgust, 06:00
Ispaniyalik mutaxassis sobiq shogirdiga Madridga emas, Kataloniyaga ko‘chib o‘tishni maslahat bergan.
COPE: Rodrining «Real»ni emas, «Barselona»ni tanlashida Gvardiola hal qiluvchi rolni o‘ynagan
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» va «Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ingliz klubi yarimhimoyachisi Rodriga yangi jamoa tanlashda maslahatchi rolini bajardi.

Bu haqda COPE radiosining La Tarde dasturida jurnalist Melchor Ruisning xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, avvalroq Rodri Gvardioladan «Barselona» va «Real» o‘rtasida tanlov bo‘lgan taqdirda nima qilishini so‘ragan. Gvadriola ispaniyalik o‘yin uslubi bo‘yicha yarimhimoyachiga mos keladigan «Barselona»ni tanlashi kerakligini qat’iy ta’kidladi. Qaror Rodrining o‘zida qolgan bo‘lsa-da, jurnalist Gvardiolaning maslahati 30 yoshli jahon va Yevropa chempionini tanloviga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlaydi.

Rodri «Barselona» falsafasini «Real» taklif etayotganidan ko‘ra «Manchester Siti»da yillar davomida Gvardiola bilan his qilgan narsaga ancha yaqin deb hisoblaydi. «Ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Hansi Flik bilan suhbat «Oltin to‘p» sohibi miyasida bu fikrni yanada mustahkamladi.

Bundan tashqari, Rodri «Barselona»da Ispaniya milliy jamoasi tarkibida jahon va Yevropa chempionatlarida birga g‘olib chiqqan ko‘plab sheriklari bilan o‘ynashini tushunadi. Bu ham masalaning moliyaviy tomonidan qat’i nazar, «Barselona»ga ustunlik beradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar