«Manchester Siti» futbolchisi Mateush Nunesh qanot himoyachisi sifatida o‘ynashni yoqtirmasligini tan oldi. Aslida yarimhimoyachi bo‘lgan ushbu o‘yinchidan «shaharliklar»ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola himoyada foydalangan edi.
«Men do‘stlarimga qanot himoyachisi emasligimni doim eslatib turardim. Ular esa: «Ha, shunday, lekin sen bu pozitsiyada juda yaxshi o‘ynayapsan-ku», — deb javob berishardi. Jamoadoshlarim — Bernardu [Silva] va Ruben [Diash] doim mening jig‘imga tegib, tinmay takrorlashardi: «Juda yaxshi o‘ynading, shunchaki tan ol». Men esa: «Yo‘q, yo‘q, yo‘q», derdim. Doim shunday bo‘lardi. Lekin shunday palla bo‘larkanki, odamlarning gapiga quloq solishing kerak ekan. Buni bir umr inkor etib bo‘lmaydi, aks holda imkoniyatingni qo‘ldan boy berishing mumkin. Agar shunday qilganimda, uni aniq boy bergan bo‘lardim», — deya Nuneshning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Athletic nashri.