Argentinalik hujumchi Lionel Messining otasi Xorxe Messi 68 yoshida Rosario shahridagi shifoxonada vafot etdi.
Bu haqda Argentinaning Infobae gazetasi xabar berdi. Xorxe uzoq vaqt davomida kasallik bilan kurashib kelayotgandi.
Jahon chempionatini Jazoyir darvozasiga xet-trik (3:0) bilan boshlagan Messi o‘yindan so‘ng ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Intervyuda u o‘zining bunday reaksiyasi sport bilan bog‘liq emasligini, balki boshidan kechirgan og‘ir kunlardan kelib chiqqanligini aytdi. O‘shanda Messining otasi jiddiy kasal ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshlagan, chunki u Argentina milliy jamoasi o‘yinlari paytida tribunalarda Leo oilasi bilan birga ko‘rinmagandi.
Xorxe bugun tongda mahalliy vaqt bilan soat 04:00 hayotdan ko‘z yumgani xabar qilindi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi