Ispaniya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi, hozirda «Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas yosh futbolchilarni tarbiyalashda Italiya futboliga bo‘lgan ishonchi haqida gapirdi.
«Men Italiya futbolini himoya qilaman, chunki uning bir qismiman va unga juda ishonaman. Bola haqida tasavvur hosil qilish uchun olti, yetti, sakkiz yoshdan boshlash kerak. Biz Rikkardo Kassano bilan xuddi shunday yo‘l tutdik: u boshqalarga ta’sir o‘tkazadi va men unga juda ishonaman.
Bir necha yillar oldin o‘yinchilarimiz qayerda edi? Nechtangiz ularni tanir edingiz? Biz ularga ishonardik va men ularni boshqa kontekstda tasavvur qilishga harakat qildim» - deya Fabregasning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Corriere dello Sport.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Komo» 71 ochko jamg‘arib, Italiya chempionati musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.