La Liga prezidenti Xaver Tebas «Real» va Ispaniya chempionatidagi raqobat haqida fikr bildirdi.
«Bizga kuchli «Real» kerak. Ular har doim ajoyib o‘yinchilarga ega bo‘lishgan. Bu chempionatimizning ustuni, hatto ibrat namunasi. La Liga raqobatbardosh chempionat bo‘lib qolmoqda. Chempion 85 yoki 90 ochko bilan marraga yetib kelsa, bu albatta raqobatdan dalolat beradi» - deya Tebasning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RMC Sport.
Shuningdek, u «qaymorqanglilar» hujumchisi Kilian Mbappening o‘yini va darajasi haqida fikr bildirdi.
«Mbappe dunyodagi eng yaxshi uch futbolchidan biri, u formada bo‘lganida esa dunyodagi eng yaxshisidir. Uning «Real»da o‘ynayotganidan faxrlanamiz va uning ligamiz rivojiga qo‘shayotgan hissasiga hech kim shubha qilmaydi» - dedi Tebas.
Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe-2024-yilning yozida «Real»ga Fransiyaning «PSJ» klubi safidan kelib qo‘shilgan edi.
Ma’lumot uchun, 2025/26-yilgi mavsumda forvard Ispaniya chempionati doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va sheriklariga 5 ta golli uzatmani yetkazib berdi.