Live
35
O'zbek

Baxtiyor Qosimov: "Oldimda bir qancha variantlar bor edi, ammo o'zimni Malayziyada sinab ko'rishni istadim"

Eksklyuziv
8 avgust, 09:32
Kuni kecha Tribuna.uz jurnalisti Qosimov bilan bog'landi.
Baxtiyor Qosimov: "Oldimda bir qancha variantlar bor edi, ammo o'zimni Malayziyada sinab ko'rishni istadim"
Фото: Penang FC

Yaqinda o'zbek futbolchisi – Baxtiyor Qosimov Malayziyaning "Pehang" klubi bilan shartnoma imzolaganidan xabaringiz bo'lsa kerak.

U o'tgan mavsumni Iroq chempionatida o'tkazgandi. Endi esa yana legioner maqomini saqlab qolgan holda Malayziya chempionatiga ko'chib o'tdi. Kuni kecha Tribuna.uz jurnalisti Qosimov bilan bog'landi.

- Baxtiyor, nega aynan "Pehang"ni tanladingiz? Bu qarorda hal qiluvchi omil nima bo'ldi?

- Mening oldimda Iroq chempionatini o'zidan, O'zbekiston va yana boshqa xorij klublaridan takliflar bor edi. "Pehang" jamoasini tanlashimni sababi, o'zimni Malayziya chempionatida sinab ko'rishni istadim.

- Iroq chempionatidagi bir yillik faoliyatingizdan eng katta saboq nimani oldingiz?

- Iroq chempionatidan oxirigacha kurashish va taslim bo'lmaslikni o'rgandim.

- O'zbekiston, Qatar, Iroq va Malayziya chempionatlarini o'yin sur'ati, jismoniy tayyorgarlik va taktika bo'yicha qanday taqqoslaysiz?

- Malayziya chempionatida hali asosiy o'yinlarni o'tkazganim yo'q. Iroq, Qatar, O'zbekiston chempionatlarini o'rtasidagi farqqa kelsak, Iroqda kurashuvchan futbol, Qatarda taktika va texnikaga ko'proq e'tibor beriladi. O'zbekistonda esa hammasi mavjud.

- Malayziya chempionatida oxirgi paytlarda legionerlarimiz kamaygandi va bunga sabab moliyaviy uzilishlar keltirilayotgan edi. Sizni u yerga yo'l olishingiz tavakkalchilik emasmi? Yangi klubingizda moliyaviy barqarorlik mavjud deb o'ylaysizmi?

- Men doim ishni Xudoga tavakkal qilib boshlagaman. Hozirda klubimning moliyaviy ahvoli ancha yaxshigina. Oldiga kerakli vazifalar qo'yilgan.

- Legioner sifatida har safar yangi mamlakat, yangi muhitga moslashish qanchalik qiyin? Bu safar oldingilarga qaraganda osonroq bo'ladimi?

- Ha, to'g'ri, yangi jamoada moslashish qiyinroq kechadi. Lekin men uchun har doim oson kechgan. Jamoaga tez kirishib keta olaman.

- Sizga ko'ra, O'zbekiston chempionatida o'ynab turib ham Osiyoning kuchli ligalariga chiqish mumkinmi yoki buning uchun boshqa yo'l tutish kerakmi?

- Qaysi klubidan va qanday taklif chiqishiga bog'liq.

- Malayziya chempionatida o'z oldingizga qanday shaxsiy maqsad qo'ydingiz?

- Milliy jamoa safida bir marta bo'lsa ham maydonga tushish. Albatta, bu hamma futbolchining eng katta orzularidan biri bo'lsa kerak.

- Orqaga qarab, faoliyatingizda "boshqacha qaror qilsam bo'lar ekan", degan tanlovingiz bormi?

- To'g'ri, qaerdadir noto'g'ri qaror qabul qilgan bo'lishim mumkin. Lekin albatta, Xudoga shukur qilaman, Alloh tomonidan shu imkoniyatlar berilganiga.

- Yangi jamoangizda hamyurtlarimizdan yana kimdir bormi?

- O'zbek futbolchisi Murod Bobojonov ham bor. U bilan Iroqda ham bir klubda to'p tepdim. Bu yil ham taqdir nasib qildi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar