«Arsenal» klubining yangi a’zosi Bruno Gimaraes «Nyukasl»dan Londonga ko‘chib o‘tgach, reja va maqsadlari haqida gapirdi.
28 yoshli braziliyalik sovrinlar yutishni va «tto‘pchilar» tarixida iz qoldirishni istashini ta’kidlab o‘tdi.
«Juda xursandman. Hayotimning shunday bosqichida turibmanki, menga shu kabi chaqiruv zarur. Sovrinlar yutishni va tarix yaratishni istayman. O‘ylaymanki, buning uchun to‘g‘ri vaqtda va to‘g‘ri joydaman. Barchasini boshlashni intizorlik bilan kutyapman», - deya Gimaraes so‘zlaridan iqtibos keltirdi «Arsenal» matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 8-avgust kuni London klubi «Nyukasl» yarimhimoyachisini sotib olganini rasman e’lon qildi. Braziliyalik futbolchi 4-yillik bitimga imzo chekdi.