Ismoil Binnosir “Milan”ni tark etdi.
Italiya klubi 28 yoshli yarimhimoyachi bilan shartnoma tomonlarning o'zaro kelishuvi asosida bekor qilinganini ma'lum qildi.
Jazoirlik futbolchi 2019 yildan buyon jamoa safida o'ynab kelayotgan edi. U avvalgi mavsumni Zagrebning “Dinamo” klubida ijara asosida o'tkazib, 18 o'yinda 1 gol va 2 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fabrizio Romano ma'lumotiga ko'ra, Binnosir Qatarning “Al G'arafa” klubiga o'tadi.
“Milan” Binnosir bilan shartnomani bekor qildi
Futbol
8 avgust, 11:45
Jazoirlik yarimhimoyachi Qatar klubiga o'tadi.
Foto: Getty Images