Live
32
O'zbek

Ferran Torres «PSJ» bilan 4-yillik shartnoma imzoladi — Marca

Futbol
8 avgust, 08:45
«Barselona»ning ispaniyalik hujumchisi faoliyatini Parijda davom ettiradi.
Ferran Torres «PSJ» bilan 4-yillik shartnoma imzoladi — Marca
Foto: Getty Images

«Barselona» klubi hujumchisi Ferran Torres «PSJ» safiga borib qo‘shiladi. Fransiya klubi so‘nggi mundial finalida g‘alaba goli muallifini 50 mln yevro evaziga sotib oladi. Futbolchining o‘zi bilan 4-yillik bitim borasida kelishib olingan. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli Torresning «PSJ» transferi barbod bo‘lishi uchun kutilmagan o‘ta katta masshtabdagi sensatsiya yuz berishi zarur. Tomonlar bir necha kun davomida sport direktorlari hayotda do‘st bo‘lgan Deku va Luish Kampush ishtirokida muzokaralar olib bordi.

Tomonlar mazkur kelishuvni 12-avgust kuniga qadar yakunlashni rejalashtirmoqda — aynan shu sanada mundialda ishtirok etgan ispan futbolchilari «Barselona» mashg‘ulotlariga qaytishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Ferran Torres 2022-yil yanvar oyida «Manchester Siti» safidan «Barselona»ga kelib qo‘shilgan. Kataloniyaliklar bilan futbolchi Ispaniyada yettita sovrin qo‘lga kiritdi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar