Live
7
O'zbek

Neymarning sobiq agenti: «Uning "Real"ga o'tishini xohlaganman, ammo "Barsa" o'yinchilari unga qo'ng'iroq qilib jamoaga taklif qilaverishgan»

Futbol
8 avgust, 14:02
Vagner Ribeyro sobiq mijozining Kataloniya klubiga o'tishi jarayonlari qanday bo'lganini ochiqladi.
Neymarning sobiq agenti: «Uning "Real"ga o'tishini xohlaganman, ammo "Barsa" o'yinchilari unga qo'ng'iroq qilib jamoaga taklif qilaverishgan»
Foto: Getty Images

Neymarning sobiq agenti Vagner Ribeyro braziliyalik futbolchining "Real"ga o'tishi uchun faol harakat qilganini, "Barselona" tomonidan esa muzokaralarni Andre Kyuri olib borganini aytdi.

Uning so'zlariga ko'ra, Neymar 13 yoshdaligida Madridda qariyb 20 kun bo'lgan. Keyinchalik "Real" uni to'liq transfer qilishga ham juda yaqin kelgan.

«Men Neymarning "Real"ga o'tishini xohlagandim. Shu sababli hamma bilan kurashdim.

Bir paytlar Florentino Peres bilan barcha masalalar kelishib olingandi, faqat "Santos"ning roziligi qolgandi. "Real" advokatlari Braziliyada bo'lib, transfer ustida ishlashgan.

Men "Real" bilan muzokaralar olib bordim, "Barselona" bilan esa Andre Kyuri ishladi. Biz u bilan muloqot qilmadik.

"Barselona"ning barcha futbolchilari Neymarga qo'ng'iroq qilib, uni jamoaga o'tishga taklif qilishdi. "Real" futbolchilaridan esa unga hech kim qo'ng'iroq qilmadi. Faqat Florentino menga va Neymarning otasiga qo'ng'iroq qildi.

Biz taqdimot marosimi uchun Barselonaga borganimizda, menga deyarli begona odamdek munosabatda bo'lishdi. Bayramda ishtirok etmadim va chetda turdim.

Hatto futboldagi faoliyatimni to'xtatish haqida o'yladim, chunki "Real" va Florentino oldida majburiyatlarim bor edi. Qo'limdan kelgan barcha ishni qildim. Ammo yakuniy qarorni agent emas, futbolchining o'zi qabul qiladi. Neymar "Barselona"ni tanladi, uning otasi esa bu qarorni qo'llab-quvvatladi.

Shunga qaramay, "Real"ning taklifi jiddiy edi. Klub istalgan pulni to'lashga tayyor edi»
, — deya Ribeyroning so'zlarini keltiradi Globo Esporte.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar