Manor Solomon "Tottenhem"dan "Vest Hem"ga o'tdi.
"Bolg'achilar" 27 yoshli vinger transferini e'lon qilishdi. Isroillik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolandi, kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoni ham ko'zda tutilgan.
Avvalroq transfer qiymati 5 million funtni tashkil etishi xabar qilingandi. Shuningdek, "taqachilar" bonus sifatida yana 2 million funt olishi mumkin.
O'tgan mavsumda Solomon "Vilyarreal" va "Fiorentina" klublarida ijarada o'ynab, La Liga hamda A Seriyada 22 o'yinda 3 gol va 2 assist qayd etdi.
"Tottenhem"ning isroillik vingeri "Vest Hem"ga o'tdi
Futbol
10 avgust, 16:07
Solomon faoliyatini Londondagi boshqa bir klubda davom ettiradi.
Foto: West Ham