Live
1
O'zbek

Hojimirzayev "Neftchi" taklifini rad etib, "Dinamo"da qolishga qaror qildi

Futbol
10 avgust, 14:51
U o'tgan yillar davomida "Nasaf" va "Navbahor" taklifini ham rad etgandi.
Hojimirzayev "Neftchi" taklifini rad etib, "Dinamo"da qolishga qaror qildi
Фото: Динамо ПФК

Bugun, 10 avgust soat 23:59da Superligada yozgi transfer oynasi rasmiy ravishda yopiladi.

Transfer oynasining so'nggi kunlarida amaldagi chempion "Neftchi" Elit OChL bahslari oldidan Superliga to'purarlardan biri bo'lib turgan Anvarjon Hojimirzayevni o'z safiga qo'shib olish uchun kurashdi.

Ammo Farg'ona klubining moliyaviy yaxshi takliflariga qaramay, 31 yoshli goleador "Dinamo"da qolishga qaror qilgan. Samarqand klubi ham "Neftchi"ning Hojimirzayev bo'yicha taklifini rad etgan.

Ma'lumot uchun, Hojimirzayev so'nggi uch mavsumdan buyon Vadim Abramov qo'l ostida "Dinamo" sharafini himoya qilib kelmoqda. U o'tgan yillar davomida "Nasaf" va "Navbahor" taklifini ham rad etgandi

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
Bugungi yangiliklar