Rossiyalik himoyachi Pavel Bureyev «Mash'al» futbolchisi bo'ldi. Bu haqda «gazchilar» matbuot xizmati xabar berdi.
18 yoshli futbolchi markaziy himoyada o'ynaydi. Faoliyatining avvalgi bosqichini Rossiyaning «Krylya Sovetov» klubi tizimida o'tkazgan.
Bureyev 2025 yilda Samara klubining yoshlari tarkibida Rossiya chempionatida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urg'an.
«Mash'al» libosida muvaffaqiyat, ishonchli o'yinlar va katta g'alabalar tilaymiz», - deyiladi klub xabarida.