Bugun
8
O'zbek

"Barsa" xayrlashmoqchi bo'lgan Bardakchi uzoq muddatga safdan chiqdi

Futbol
10 avgust, 13:15
Bu jarohat kataloniyaliklarning transfer rejalari tegib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
"Barsa" xayrlashmoqchi bo'lgan Bardakchi uzoq muddatga safdan chiqdi
Foto: Getty Images

"Barselona" yarimhimoyachisi Runi Bardakchi jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqdi.

Diario Sport ma'lumotiga ko'ra, 20 yoshli shvetsiyalik mashg'ulot vaqtida jarohat olgan va mashg'ulotni oxirigacha davom ettira olmagan. Tibbiy ko'rikdan so'ng Bardakchining tizzasida xochsimon paylar uzilgani aniqlandi. Ushbu jarohat sababli futbolchi 6-7 oyga maydonga tusha olmaydi.

Ta'kidlanishicha, jarohat "Barselona"ning ushbu transfer oynasida Runi Bardakchi bilan xayrlashish rejalari tegib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, vinger avval ham jiddiy tizza jarohatini olgan va shu sababli 10 oy futboldan chetda qolgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar