Bugun
8
O'zbek

«Barselona» Torres uchun «PSJ»dan kamida 65 mln yevro so'rashi mumkin – manba

Futbol
10 avgust, 06:15
Hozirda Ferranning bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.
«Barselona» Torres uchun «PSJ»dan kamida 65 mln yevro so'rashi mumkin – manba
Фото: Getty Images

«Barselona» va «PSJ» jamoalari hujumchi Ferran Torresning transferini muhokama qilishadi. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchi Kataloniya klubini tark etib, Liga 1 ga o'tish niyatida ekanini bildirgan.

Avvalroq parijliklar ispaniyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgani xabar qilingan edi.

Qayd etilishicha, «Barselona» Torresning transferi uchun «PSJ»dan kamida 65 million yevro talab qiladi.

«PSJ» bunday summani to'lashni xayoliga ham keltirmayapti, ammo vaziyat keskinlashmasligi va muzokaralarni boshlash uchun salmoqli taklif berish kerakligini anglamoqda. Chunki Ferranning klub bilan bitimi kelasi yilda yakuniga yetadi. Shu sababli «PSJ» uni arzonroq narxga o'z safiga qo'shib olishni istamoqda.

Hozirda Ferranning bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar