Bugun
8
O'zbek

Shohmalik Komilov: «Jamoaning potentsiali yuqori»

Eksklyuziv
10 avgust, 06:06
Futbolchi «Andijon» a'zosiga aylangach, o‘zining ilk intervyusini berdi.
Shohmalik Komilov: «Jamoaning potentsiali yuqori»
Фото: Андижон ПФК

Yozgi transfer oynasi vaqtida «Andijon» safiga 26 yoshli iqtidorli yarimhimoyachi Shohmalik Komilov qo‘shilganini yaxshi bilasiz.

Muhlislarning ushbu futbolchidan umidi katta. U yangi chaqiruvga tayyor va o‘zini ko‘rsatish uchun mashg‘ulotlarda ham astoydil ishlamoqda. Futbolchi «Andijon» a'zosiga aylangach, o‘zining ilk intervyusini berdi.

- «Andijon» klubiga qo‘shilish taklifi kelganida birinchi reaksiyangiz qanday bo‘ldi?

- Albatta, muhlislar!

- Yangi jamoada birinchi kuningizdan sizni eng ko‘p hayratga solgan narsa nima bo‘ldi?

- «Andijon»ning bazasi. Baza juda ham yaxshi joyda joylashgan. Hammasi bor, futbol uchun. Faqat mashg‘ulot qilish kerak va o‘ynash kerak, bo‘ldi.

- Sizni yarim himoyachi sifatida qanday ta'riflash mumkin: maydonda ko‘proq «dirijyor»misiz yoki «jangchi»?

- Dirijyor va jangchi, ikkisi birga.

- Futbolda siz uchun go‘zal pas berish muhimroqmi yoki natija uchun kurashish?

- Albatta, natija. Agar natija bo‘lsa go‘zal pas ham bo‘ladi.

- Jamoada moslashishingizga kimlar yordam berdi?

- Jamoada hamma bilan chiqishib ketdim. Ko‘p yigitlar bilan tanishman, oldin bir jamoada o‘ynamagan bo‘lsam-da. Hammayoq yaxshi.

- «Andijon» muhlislari Shohmalik Komilovdan mavsum davomida nimani kutishlari mumkin?

- Muhlislar o‘ylagan darajadan ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishimga ishonaman va o‘yinlarim bilan ularni xursand qilishga harakat qilaman.

- Bir kun kelib o‘zingiz haqida «u Andijonda boshqacha ochildi», degan gapni eshitishni xohlaysizmi?

- Albatta, xohlayman va Xudo xohlasa shunday bo‘lishiga ishonaman.

- Oldinda «Andijon»ni «Neftchi»ga qarshi vodiy derbisi kutyapti. Bo‘lajak derbidan nima kutyapsiz?

- Xudo xohlasa, maydonda borimizdi berib jang qilib, g‘alaba qozongan holda muhlislarni xursand qilamiz.

- Bungacha Namanganda «Navbahor» uchun o‘ynadingiz. Endi «Andijon»dasiz. Vodiyni ushbu jamoalarida muhlislar talabchan...

- Albatta, vodiyda o‘zi ishqibozlar talabchan. O‘ynay olmasangiz tanqid qilishadi va buni to‘g‘ri ham deb hisoblayman. Futbolchi o‘shanda o‘sadi va muhlislar to‘la stadionda futbol o‘ynash menga zavq beradi. Vodiyda barcha muhlislar jamolari uchun yurakdan ishqibozlik qilishadi va vodiy jamoalarida futbol o‘ynash futbolchiga muhlislar tomonidan juda ham zo‘r emotsiyalarni taqdim etishadi.

- Jamoaning potentsialini qanday baholaysiz?

- Jamoaning potentsiali yuqori. O‘zimizga ishonib ishlashda davom etishimiz kerak va buni maydonda ko‘rsatishimiz lozim.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
Bugungi yangiliklar