Senegal milliy jamoasi yarimhimoyachisi Idrissa Gueye faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
"Al Diriya" klubi 36 yoshli futbolchining transferini e'lon qildi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuvning amal qilish muddati hozircha ochiqlanmagan.
Gueye "Everton"dan kelib Saudiya klubi safiga kelib qo'shildi. Bunga qadar u 2022 yildan beri "irislar" sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
O'tgan mavsumda Gueye jamoa safida 25 ta uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchi faoliyati davomida "PSJ", "Lill" va "Aston Villa" kabi klublarida ham o'ynagan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchisining transfer qiymati 500 ming yevro etib baholanmoqda.